Sport | 23:35 / 18.08.2018
11754
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Chelsi» - «Arsenal» o‘yinida 5ta gol urildi, g‘alaba «ko‘klar» tomonida bo‘ldi

Foto: AP

Angliya Premer-Ligasi 2-turida muxlislar London derbisining guvohi bo‘lishdi - «Stemford Brij»da «Chelsi» va «Arsenal» klublari bellashdi.

O‘yinning debyuti «Chelsi» foydasiga hal bo‘ldi. 9 va 20 daqiqalarda Pedro va Morata gollari hisobiga «ko‘klar» 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Biroq, «Arsenal» iroda namoyish qilib, bo‘lim oxirida zo‘r o‘tkazdi va hisobni tenlashtirdi. Mxitaryan va Ivobi gollaridan so‘ng, tabloga 2:2 hisobi yozildi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, «Chelsi» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Markos Alonso jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 6 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi, «Arsenal» esa birorta ochkoga ega bo‘lmasdan, 17-o‘rinda bormoqda. 

APL, 2-tur
Chelsi – Arsenal 3:2 

18 avgust, «Stemford Brij» stadioni
Gollar: 1:0 – 9 Pedro, 2:0 – 20 Morata, 2:1 – 37 Mxitaryan, 2:2 – 41 Ivobi, 3:2 – 81 Alonso. 
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 60), Jorjino, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro, Morata (Jiru, 75).
Arsenal – Chex, Papastatopulos, Monreal, Belerin, Mustafi, Gunduzi, Chaka (Torreyra, 46), O‘zil (Remzi, 68), Mxitaryan, Ivobi (Lyakazett, 75), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Chaka (27), Mustafi (77).

Mavzuga oid