O‘zbekiston | 08:17 / 18.08.2018
8273
2 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent qurilish invest” kompaniyasi va Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:

“Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Kapital qurilish boshqarmasi”, “Toshkent uy-joy qurilish boshqarmasi” va “Moddiy-texnik ta'minot boshqarmasi” davlat unitar korxonalari negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent qurilish invest” injiniring kompaniyasini tashkil etish hamda uni Toshkent shahri hududida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashni tashkillashtirish bo‘yicha yagona buyurtmachi sifatida belgilash;

“Ma'muriy binolardan foydalanish departamenti” davlat unitar korxonasi negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazini tashkil etish hamda uning zimmasiga munitsipal mulkni, shu jumladan, munitsipal mulk hisoblangan davlat korxonalari va xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi ulushlarni samarali boshqarish vazifalarini yuklash haqidagi takliflari ma'qullandi.

Toshkent shahar hokimiga munitsipal aktivlarni boshqarish va ularni ijaraga berishdan tushadigan daromadlarning bir qismini, jumladan, Toshkent shahar hokimi devonining faoliyatini moddiy-texnik ta'minlash va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltirishga ruxsat berildi.

Mavzuga oid