Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati toliblar bilan 3 oyga o‘t ochish to‘xtatilishini e'lon qildi
Foto: RIA Novosti / Ramil Sitdikov
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Iyd al-Adha – Qurbon hayit bayrami kirib kelishi munosabati bilan “Tolibon” harakati bilan 3 oylik o‘t ochishni to‘xtatishni e'lon qildi. Bu haqda 1TV telekanali ma'lum qildi.
“Biz Iyd al-Adha bayramiga yaqinlashayotganimiz sababli o‘t ochish to‘xtatilishini e'lon qilamiz. U ertaga, 20 avgustdan kuchga kiradi va “Tolibon” ham shunday javob berishi sharoitida Muhammad payg‘ambarimiz tavallud kunlarigacha (20 noyabr) davom etadi”, deb yozgan G‘ani tvitterda.
“Biz “Tolibon” rahbariyatini afg‘onlarning uzoq muddatli va chinakam tinchlik o‘rnatilishi istagini qarshilashga chorlaymiz va ularni islom qadriyatlari hamda tamoyillariga asoslangan tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rishga qat'iyan chaqiramiz”, deb aytilgan prezident xabarida.
Avvalroq ham G‘ani Ramazon oyi tugashi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan 11-19 iyun kunlari toliblar bilan bir tomonlama yarashuv e'lon qilgandi. “Tolibon” bunga javoban 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qilgan. Yarashuv yakunlangandan keyin afg‘on qurolli kuchlari toliblarga qarshi operatsiyalarni davom ettirgan.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026