Non-kabob'ning yangi filiali ochildi
Toshkent shahrida Non-kabob milliy fast-fud tamaddixonasi yangi filialining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Endilikda tandirda yopilgan issiq patir, yumshoq pishib yetilgan go‘sht hamda san'at darajasigacha yetkazilib tayyorlangan maxsus sousdan iborat non-kabob shinavandalari ushbu taomni Davron&Botir's brendining yana bir filialida tanovul qilishlari mumkin.
Shunisi e'tiborga molikki, faoliyatini boshlaganiga hali uzoq vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, Non-kabob ko‘plab yurtdoshlarimizning sevimli maskaniga aylanishga ulgurdi.
Viloyatlardan Toshkentga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz ham ushbu yegulikning doimiy shinavandasiga aylanganini ko‘p bor ta'kidlashmoqda.
Yangi filialning Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi, Olmazor metro bekati yaqinida (sobiq S.Rahimov bekati) joylashganligi esa poytaxtimiz mehmonlariga milliy fast-fud tamaddixonasining mehmoni bo‘lib o‘tish uchun qulaydir.
Hali ham mazali non-kabobni tatib ko‘rmadingizmi? U holda shoshiling. Non-kabob tamaddixonalarida sizni kutib qolamiz.
Manzil: Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi, Olmazor metro bekati yaqinida (sobiq S.Rahimov bekati).
Mo‘ljal: Daewoo Sentr ro‘parasida
Murojaat uchun telefon: (+99895) 195-50-40 | (+99890) 920-05-03
Reklama huquqi asosida