Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston va Eron bir-birini Xalqaro arbitraj sudiga berdi
Turkmaniston hukumati Eron milliy gaz kompaniyasi ustidan Xalqaro arbitraj sudiga da'vo arizasi berdi.
IRNA axborot agentligining xabar qilishicha, Turkmaniston Eronni yetkazib berilgan gaz uchun 1,8 mlrd dollar qarzni to‘lamaganlikda ayblamoqda. Eron esa o‘z navbatida, oldindan ogohlantirmasdan gaz berishni to‘xtatgani, uning sifati pastligi va narxi yuqoriligi uchun qarshi da'vo arizasi kiritganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi bahs 2008 yilda, Turkmaniston ming kub metr gaz uchun kelishilgan 40 dollar narxni sakkiz baravarga oshirganidan so‘ng boshlangan.
Bahs 2016 yilda Eron qishda o‘ta sovuq havo hukm surishi bois Turkmanistondan qo‘shimcha gaz sotib olishga majbur bo‘lganida yanada kuchaygandi. Turkmaniston past narx faqat shartnomada ko‘rsatilgan hajmga tegishli ekanligini, ushbu hajmdan ortiqcha gaz bozor narxida sotilganini ta'kidlamoqda.
Mazkur bahs bir necha bosqichlik muzokaralardan keyin ham yechimini topmagani sababli tomonlar arbitraj sudiga murojaat qildi.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026