19:57 / 21.08.2018
15377

Vitaliy Denisov Rossiyaning boshqa klubiga o‘tdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov ijaraga berib yuboriladi.

U bir mavsum davomida Samaraning «Krilya Sovetov» klubi sharafini himoya qiladi. Bu haqda klubning rivojlanish direktori Aleksandr Shikunov «RIA Novosti»ga xabar bergan. 

Joriy mavsumda Denisov «Lokomotiv» tarkibida biror marta maydonga tushmadi. Yaqinda u temiryo‘lchilar bilan 2019 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan va buning uchun maoshining qisqarishiga ham rozi bo‘lgan edi.

Top