Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Pogba transferidan voz kechdi
Foto: AP
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba kuzgacha jamoasini tark etish ehtimoli juda kam.
Mundo Deportivo ma'lumotiga asoslansak, «Barselona» rahbariyati fransiyalik futbolchini sotib olish fikridan to‘liq voz kechgan. Kataloniyaliklar o‘yinchining «MYu»dan ketish masalasini ko‘rib chiqishi biroz qiyinroq masala ekani, qolaversa, mankunianliklar APLda transfer oynasi yopilgani sabab Pogbaga o‘rinbosar olish imkoniyatidan mahrum ekani vajidan u bilan xayrlashishga ko‘nmasliklari sababli bu transferni amalga oshirish ilojsiz, degan to‘xtamga kelishgan.
Shunga qaramay, bu masalaning qishda yana ko‘tarilishi ehtimoli yo‘q emas.
Avvalroq «qizil iblislar» Pol jamoada qolgan taqdirda unga 3,8 million yevro miqdorida mukofot va'da qilayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Pogba APLning ortda qolgan ikkala turida ham maydonga tushdi va 2 bor penaltidan raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026