Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda ichki yonuv dvigateliga ega mashinalar qatnovi taqiqlanadi
Londonning 9 ta ko‘chasida ish kunlari tig‘iz soatlarda benzin va dizelda ishlovchi dvigatellarga ega avtomobillar qatnovi taqiqlanadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ichki yonuv dvigateliga ega mashinalar egalariga nisbatan bunday qat'iy choralar ish kunlari soat 7 dan 10 gacha va 16 dan 19 gacha amal qiladi va 3 sentabrdan shaharning shimoli-sharqidagi Islington va Xakni tumanlarida kuchga kiradi. Yangi qoidalar shahar bo‘ylab elektr va gibrid avtomobillarda harakatlanuvchilarga tegishli bo‘lmaydi. Qoidabuzarlarni 130 funt sterling (168 dollar) miqdorida jarimaga tortish rejalashtirilgan.
London rahbariyati shaharda ijobiy ekologik vaziyat uchun kurashda borgan sari qat'iy qadamlarni amalga oshirmoqda. Shunday choralarning oxirgilaridan biri 2017 yil oktabrda 10 funt sterling miqdorida T-Charge yig‘imi joriy qilinishi bo‘lgan. Bu yig‘im Euro 4 ekologik standartidan pastroq avtomobillar egalaridan har kuni shahar markaziga kirganlik uchun olinadi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026