Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 foizlik chegirmalar haqida e'lon qildi
Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratildi.
Jumladan, fuqarolarning to‘laqonli dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yil 31 avgustdan 4 sentabrgacha bo‘lgan kunlarida mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda, shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan «Afrosiyob» poyezdlarida ham, oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma joriy qilindi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning rasmiy uzrailpass.uz va railway.uz saytlaridan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
21:16 / 26.07.2023