21:00 / 25.08.2018
7767

«Arsenal» mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Angliya Premer-Ligasida 3-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Arsenal» o‘z maydonida «Vest Hem» klubini qabul qildi va 3:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

25-daqiqada Arnautovich mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tgach, Monreal hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada Lyakazett tomonidan uzatilgan to‘p mehmonlar himoyachisi Diopga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi. Qo‘shimcha daqiqalar davom etayotgan vaqtda esa Uelbek uchinchi golni urdi.

Shu tariqa, «Arsenal» mavsumdagi dastlabki 3 ochkosini qo‘lga kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Arsenal» 3 ochko bilan 12-o‘rinda, «Vest Hem» esa birorta ochko jamg‘armasdan so‘nggi o‘rinda bormoqda. 

APL, 3-tur
Arsenal – Vest Hem 3:1 

Gollar: 0:1 – 25 Arnautovich, 1:1 – 30 Monreal, 2:1 – 70, avtogol Diop, 3:1 - 90+2 Uelbek 
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Papastatopulos, Genduzi (Torreyra, 56), Chaka, Remzi, Mxitaryan, Ivobi (Lyakazett, 46), Obameyang (Uelbek, 75).
Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Masuaku, Frederiks, Diop, Snodgrass (Yarmolenko, 75), Felipe Anderson, Antonio (Peres, 63), Sanches, Arnautovich (Ernandes, 59), Uilsher.
Ogohlantirishlar: Diop (41), Frederiks (80).

Top