O‘zbekiston | 18:05 / 25.08.2018
11659
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy bog‘cha tashkil etiladi

Foto: Xalq so‘zi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda “Little Tots” MChJning (keyingi o‘rinlarda xususiy sherik deb ataladi) Toshkent shahar Yunusobod tumani 13-mavzeda joylashgan Yunusobod tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli binoni (keyingi o‘rinlarda obekt deb ataladi), uning negizida xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazmasdan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘n kun muddatda belgilangan tartibda xususiy sherik bilan obekt negizida zamonaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim tuzilishini ta'minlaydi. 

Bitimda xususiy sherikka jumladan kuyidagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuklanishi nazarda tutiladi:

ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini va maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘limi tomonidan yuboriladigan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni o‘qitish, ular uchun ota-onalar to‘lovini imtiyozli shartlarda (hududdagi davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan ortiq bo‘lmagan hajmda) o‘rnatish;

obektni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun kamida 6 mlrd so‘m miqdorda investitsiya kiritish;

kamida 45 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Yunusobod tumani xalq ta'limi bo‘limini boshqa binoga joylashtirish chorasini ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid