Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy taksi xizmati haydovchining qotilligidan keyin o‘z xizmat turlaridan birini to‘xtatdi

Foto: AP Photo / Andy Wong
Xitoyning eng yirik onlayn taksi xizmati Didi haydovchilardan biri ayol yo‘lovchini o‘ldirgandan keyin 27 avgustdan butun mamlakat bo‘ylab “yo‘l-yo‘lakay mashina” xizmatini to‘xtatmoqda.
Shov-shuvli qotillik 24 avgustda Yuetsin shahrida sodir etilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 14 atrofida 20 yoshli qiz taksi xizmatining “yo‘l-yo‘lakay mashina” xizmatidan foydalangan. Ma'lum vaqt o‘tgach vahimaga tushgan qiz dugonasiga haydovchi birorta mashina yo‘q bo‘lgan ovloq tog‘ yo‘li orqali ketayotgani va o‘zining joylashgan o‘rni haqida xabar jo‘natgan. Yana 5 daqiqadan keyin u “qutqaring” degan xabar jo‘natib, so‘ngra umuman aloqaga chiqmay qo‘ygan. Politsiya qizni zo‘rlab, o‘ldirganini tan olgan 27 yoshli haydovchini qo‘lga olgan. U qiz jasadini qayerga tashlab ketganini ko‘rsatgan.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, xizmat ishga tushgan 3,5 yil ichida undan millionlab marta foydalanilgan. Taksi xizmati xavfsizlik masalasi u uchun katta sinovga aylanganini tan olgan. “Biz tegishli idoralar va jamoatchilikning tanqidini samimiy qabul qilamiz”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.
Ushbu qotillik oxirgi bir necha oy ichida Didi haydovchilari tomonidan sodir etilgan ikkinchi qotillik bo‘ldi. May boshida Shandun viloyatida 21 yoshli styuardessa aeroportdan uyiga qaytayotganda taksi haydovchisi tomonidan o‘ldirilgan. Qotillikda gumon qilingan haydovchining o‘zi ham bir necha kun o‘tgach shahar kanalida o‘lik holda topilgan. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Takror qotillik taksi xizmatiga nisbatan jamoatchilikning noroziligini keltirib chiqargan. Odamlar kompaniyani navbatdagi qotillik uchun jazolashga chaqirishgan.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Boshimga qop kiydirib, harbiy bo‘linmaga olib borishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit hikoyasi
Jamiyat | 16:05
-
Tanqiddan so‘ng: TIV o‘zbek muhojirini haqoratlagan rus millatchisiga chora ko‘rishni so‘radi
O‘zbekiston | 15:40
-
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 15:35
-
🔴LIVE: “Ular meni qo‘rqitolmaydi” – Tramp | “Geosiyosat”
Jahon | 15:16
Mavzuga oid

13:46
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

13:34
O‘zbekistonga Xitoydan keluvchi sayyohlar soni 3 mlnga yetkaziladi

11:19
Xitoy O‘zbekistonda yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurishi mumkin

09:26