Jahon | 20:40 / 26.08.2018
59541
2 daqiqa o‘qiladi

Inson tanasida yangi organ topildi

Foto: Dreamstime

Sidneydagi Garvana tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari inson tanasida infeksiya bilan qayta zararlanmaslikka yordam beruvchi yangi mikroorganni aniqlashdi. Bu haqda Science Alert ilmiy portalida ma'lum qilingan.

Limfa tugunlari ustida aniqlangan organ subkapsulyar proliferativ o‘choq deb atalgan. Dastlab bu organ laboratoriya sichqonlarida, keyinroq esa odamlarda aniqlangan.

Olimlarning ta'kidlashicha, organizm biror infeksiyaga ro‘baro‘ kelgach, kelgusida undan yaxshiroq himoyalanadi. “Immunitet xotirasi” deb ataluvchi bu xususiyat xotiraning B-hujayralari to‘planishiga xos. Olimlar ularning mavjudligini avval ham bilishgan, biroq ularning aniq joyi birinchi marta aniqlandi.

Foto:Tri Phan

Olimlar ushbu tadqiqotni muhim kashfiyot deb atashmoqda. Organizm infeksiya bilan zararlanganda kasal qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar soni har 20-30 daqiqada ikki marta ko‘payadi. Agar inson immun tizimi infeksiya bilan kurashishga juda uzoq tayyorlansa, unda organizm infeksiyani bartaraf etishga ulgurolmay qolishi va inson halok bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid