Sport | 08:33 / 26.08.2018
11849
1 daqiqa o‘qiladi
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonda yana bitta bronza
Osiyo o‘yinlarida penchak silat bo‘yicha -65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abdumalik Salimov yarim finalda indoneziyalik Pratama Iqbol Sandraga 0:5 hisobida yutqazdi.
Sportning bu turida uchinchi o‘rin uchun bahslar o‘tkazilmaydi va yarim final ishtirokchilari kamida bronza medalni naqd qilishadi.
17 yoshli Salimov chorak finalda eronlik Muhammad Rahimbalani 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Yarim finalda yutqazgan sportchi O‘zbekiston hisobiga yana bitta bronza medal keltirdi.
Ayni vaqtda Osiyo o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston delegatsiyasi 5 oltin, 10 kumush va 8 bronza bilan o‘ninchi o‘rinda joylashgan.