Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha XIX hukumatlararo yig‘ilishi 7 sentabrda o‘tkaziladi
7 sentabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi (RF) o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha XIX hukumatlararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. RF Tashqi iqtisodiy ma'lumotlar portalida shu haqida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha XIX hukumatlararo yig‘ilishiga RF tomondan Rossiya hukumat raisi birinchi o‘rinbosari, mamlakat moliya vaziri Anton Siluanov, O‘zbekiston tomondan esa Respublika Bosh vaziri Abdulla Aripov raislik qiladi.
Bundan avvalgi O‘zbekiston-Rossiya XVIII hukumatlararo yig‘ilishi 2017 yilning 15 fevralida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.