Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Germaniya AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish bo‘yicha ish boshladi
Fransiya va Germaniya vakillari AQShning Eron kabi davlatlarga sanksiyalarini chetlab o‘tishga imkon beruvchi moliyaviy yechimlar va to‘lov kanallari ustida ish boshlashganini ma'lum qilishdi.
Bloomberg axborot agentligining ma'lum qilishicha, muhokamalarda Buyuk Britaniya ham ishtirok etmoqda. Davlatlar AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tishga imkon beruvchi muqobil tizimlarni yaratish uchun o‘z markaziy banklarini jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.
Fransiya moliya vaziri Bruno Le Merning aytishicha, Parij va Berlin ikki tomonlama yoki umumevropa mustaqil moliyalashtirish kanallarini yaratishni muhokama qilmoqda.
“Men Yevropani vassal emas, suveren qit'a sifatida ko‘rishni istardim va buning uchun bugungi kunda mavjud bo‘lmagan, moliyalashtirishning to‘liq mustaqil vositalari lozim”, deb aytgan Le Mer.
Uning aytishicha, mavjud kanallar, jumladan Yevropa investitsiya bankidan foydalanish juda murakkab bo‘ladi, chunki AQSh ularning operatsiyalariga bilvosita tarzda ta'sir qilishi mumkin.
Shu bilan birga Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning aytishicha, Yevropa Ittifoqi to‘lovlarni ko‘proq mustaqil qilish uchun SWIFT kabi to‘lov kanallari va tizimlarini modernizatsiyalash bo‘yicha takliflar ustida ishlamoqda.
“Vashington tomonidan o‘tkazilayotgan sanksiyalar siyosati bizni javob berishga majbur qilmoqda. AQSh Rossiya, Xitoy, Turkiyaga va kelgusida ehtimol bizning muhim savdo hamkorlarimizga qarshi to‘satdan va kelishmagan holda, ko‘p marotaba sanksiyalar qo‘llaganda bu Yevropa va xususan Germaniyaga ta'sir qiladi”, deb aytgan Maas.
AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tkazayotgan savdo siyosati va Eron yadroviy dasturidan voz kechish qarori sababli keskinroq tus oldi.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026