Insonga o‘xshagan robotlar birinchi beshligi
Robototexnika sohasidagi ilk bilimlar insoniyatga ma'lum bo‘lgach, olimlar odamga o‘xshash mexanizmlarni ishlab chiqishga yaxlit bir sohani bag‘ishladilar. Sun'iy idrokning yaratilishi kompyuter muhandislari va dasturchilarning asosiy maqsadlaridan biridir. Ular bizdan shu qadar uzoqmi? Maqolada keltirilgan robotlar bo‘yicha fikr yuritadigan bo‘lsak, mikrosxema va simlardan yaratilgan birinchi sun'iy gumanoid deyarli tayyor.
1. Sofiya
Bu mashhur hissiy robot shifokor Devid Xensonning «qizi». Paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab, intervyu berdi, Cosmopolitan va Elle jurnallarining «yuziga» aylanib, xalqaro OAVini zabt etdi. Sofiya muloqotni davom ettira oladi, shuningdek, bir necha tillar, jumladan rus tilida ham so‘zlashadi.
2. Yunko Chixira
Toshiba kompaniyasining bu bolasi – uch tilni biladigan android. Yunkoda ham hislar bor, u buni yuzidagi bir necha harakat datchiklari yordamida amalga oshiradi. Bugun u ishlaydi: Chixira Tokiodagi sayyohlik axborot markazida tashrifchilarni kutib oladi. Ular Chixira bilan klaviatura yordamida muloqot qiladi.
3. Erika
Robotni kutilmagan mavzularda to‘liq va tabiiy dialog qilishga o‘rgatish eng mushkul ish bo‘lsa kerak. Axir buning uchun u suhbatdosh gapirish tarzini aniqlashi, hissiy reaksiyalarini qayd etishi va albatta mantiqiy javoblarni shakllantirishi lozim. Erika idealdan ancha uzoq bo‘lsa-da, u bilan muloqot qilish mumkin. Bundan tashqari, u sizni yuzida va imo-ishoralarida aks etadigan javob reaksiyalari bilan hayratga soladi.
4. Geminoid DK
Bu robot Daniya Olborg Universiteti o‘qituvchisi Xenrik Sharfning nusxasidir. Geminoid DK’ning o‘ziga xosligi – giperrealligidir. Uni yaratish uchun 200 ming dollarlik byudjyet sarflangan. U insonning hissiy javoblarini o‘rganish uchun yaratilgan.
5. Nadin
Bu robot ham odamning o‘ziga xos «nusxasi». Uni Jyeneva universitetida dars beradigan Nadi Magnenat Talmandan nusxa olish asosida yaratilgan. Nadin hissiyotlarga juda boy: u xafa bo‘lish, hayron qolish, qovog‘ini uyish va kulishni biladi. Bundan tashqari, barcha odamlar va suhbatlarni eslab qoladi. Shuning uchun ham u bilan suhbatlashish qiziqarli. Suhbat vaqtida u doimo odamning ko‘ziga qaraydi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
16:03 / 11.11.2024
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
21:58 / 25.10.2024
Sun’iy intellektga ega robot tomonidan chizilgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin
19:43 / 21.10.2024