Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Hasanboy Do‘smatov ilk jangda g‘alaba qozondi
Bugun, 27 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston boks terma jamoasi a'zosi, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov ham bugun bahslarga qo‘shildi. U -49 kg vazn toifasida nimchorak final bosqichida laoslik Kamsaton Kampuvanga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 (29:28, 30:25, 30:25, 29:28, 30:28) hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.




Kun davomida O‘zbekiston boks jamoasining yana 3 vakili nimchorak final bosqichi janglarini o‘tkazishadi.
-64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorovning dastlabki raqibi iordaniyalik Alkasbi Obada bo‘ladi. - 56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik Alvadi Muhammad bilan kuch sinashadi.
Toshkent vaqti bilan soat 19:45da -75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov mo‘g‘ulistonlik Davasuren Davanyamga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi
20:26 / 09.08.2024