Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik harbiy razvedkachilar xalqaro musobaqada eng chidamli jamoa sifatida e'tirof etildi
28 iyulidan 9 avgustiga qadar 2018 yilgi “Xalqaro armiya o‘yinlari” doirasida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala o‘quv maydonida “Qo‘shin razvedkasi a'lochisi - 2018” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqaning qatnashchilari KUN.UZ tahririyati mehmoni bo‘ldi. Mehmonlarimiz musobaqada O‘zbekiston razvedkachilarining murabbiyi Anzor Meyliyev va “Mard o‘g‘lon” mukofoti egasi Behzod Holyigitovlar bo‘ldi.
Musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning qo‘shin razvedkachilari jamoalari o‘zaro bellashishdi. Filippin va Hindiston vakillari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.
Ularning aytishicha, hakamlar tomonidan eng chidamli jamoa sifatida bizning harbiylar e'tirof etilgan.
Avvalroq, 2017 yilning 10-17 oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida Italiya jamoasi bilan birga faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan.
O‘zbekiston harbiylari ushbu musobaqada umumiy hisobda 3-o‘rinni egallashdi. Jamoa musobaqaning 3-bosqichida mutloq natijani qayd etgan.
Mavzuga oid
16:39 / 11.03.2022
O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
23:29 / 25.08.2020
Qo‘qonda xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” musobaqasi tantanali ravishda ochildi - fotogalereya
14:16 / 10.08.2019
ArMI-2019. «Individual mahorat» shartida jamoalar haqiqiy mahoratini namoyish etdi
14:56 / 08.08.2019