Jahon | 20:26 / 29.08.2018
12107
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Erdo‘g‘anga haykal o‘rnatildi va ko‘p o‘tmay olib tashlandi

Foto: AFP

Germaniyaning Visbaden shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga haykal o‘rnatildi, biroq ko‘p o‘tmay olib tashlandi.   

Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘anning 4 metrli, oltin suvi yugurtirilgan haykali shahar markazida Wiesbaden Biennale festivali doirasida o‘rnatilgan.  

Bild nashri xabar qilganidek, ba'zilar haykal oldida suratga tusha boshlashgan. Biroq Erdo‘g‘anga qarshi chiquvchilar haykalda nomaqbul so‘zlar va tasvirlar qoldirishgan, unga tuxumlar uloqtirishgan. Bu esa Turkiya prezidenti tarafdorlari tomonidan ig‘vo sifatida qabul qilingan. 

Visbaden ober-burgomistri Sven Gerichning aytishicha, oqibatda Erdo‘g‘an tarafdorlari va unga qarshi chiquvchilar o‘rtasida dahanaki janjal chiqib, so‘ngra mushtlashuvga aylanib ketgan. Gerich haykal joyida qolar ekan, “xavfsizlik boshqa kafolatlana olmasligini” aytgan.

Politsiyada ma'lum qilinishicha, haykal mashinaga kran yordamida ortilgan va olib ketilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid