O‘zbekistonda yana bir oltin. Diyorbek O‘rozboyev Osiyo o‘yinlari chempioni
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston dzyudo jamoasi ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Turnirga -60 kg vazn toifasida tashrif buyurgan Diyorbek O‘rozboyev finalda yaponiyalik Toru Shishimega qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bahsda asosiy vaqtda durang natija qayd etildi. Shundan so‘ng sportchilar oltin ochko uchun kurashishdi.
Yakunda 2016 yilgi Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O‘rozboyev g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Bu oltin medal umumiy reytingda O‘zbekistonni sakkizinchi o‘ringa olib chiqdi. Endilikda oltin medallar sonini 10taga yetkazgan O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonni quvib o‘tgan.
O‘zbekistonlik dzyudochilardan yana ikki nafari, -66 kg vazn toifasidagi Shahram Ahadov hamda -52 kg vazn toifasidagi Gulnoza Ziyayeva bronza medali uchun kurash olib boradi.
Mavzuga oid
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024
Parij-2024, dzyudo. O‘zbekiston aralash jamoaviy dasturni medalsiz yakunladi
20:52 / 02.08.2024
Alisher Yusupov – bronza medali sohibi
15:40 / 01.08.2024