Rekordlar va oltin. Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanovaga teng raqib topilmadi

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi birato‘la 2ta medal oldi.
Balandlikka sakrash musobaqasida oltin medal uchun kurash O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a'zolari Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova o‘rtasida kechdi.
Yakunda tajribali Svetlana Radzivil 1,96 metrlik balandlikni zabt etib, 2010 yilda o‘zi o‘rnatgan Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan holda ketma-ket uchinchi marta Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Nadiya Dusanova 1,94 metrlik natijani qayd etib, o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi va kumush medal bilan taqdirlanadigan bo‘ldi. Bu uning ikkinchi marta Osiyo o‘yinlarida kumush medal olishidir. U 2010 yilda Guangjoudagi Osiyo o‘yinlarida Radzivildan keyingi ikkinchi o‘rinni olgandi. 2014 yilgi musobaqalarda u bronza medali bilan kifoyalangan.
Uchinchi o‘rinni 1,84 m natijasida to‘xtagan qozog‘istonlik Nadejda Dubrovskaya egalladi.
Ushbu natijadan keyin O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 45taga yetdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi 12ta oltin, 17ta kumush, 16ta bronza medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 12:25
-
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
Jahon | 12:24
-
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
Sport | 12:05
Mavzuga oid

13:23 / 22.04.2025
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi

18:07 / 06.12.2024
World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi

14:40 / 02.12.2024
Yaroslava Maguchix 2024 yilda dunyoning eng yaxshi yengil atletikachisi bo‘ldi

08:46 / 04.08.2024