Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qodirov ishi» doirasida Ispaniyada ushlangan Alisher Xodiyev tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi
O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga qarshi ish doirasida uning «jinoiy sherigi» sifatida Ispaniyada qo‘lga olingan Alisher Hodiyev ayni vaqtda qo‘yib yuborilgan. Bu ma'lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz»ga tasdiqlagan.
Shu bilan birgalikda Hodiyevga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar olib tashlanmagan - u hamon o‘ziga qarshi ilgari surilgan punktlar bo‘yicha ayblanuvchi hisoblanadi. U O‘zbekistonda tovlamachalik, firibgarlik va jinoiy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirishda ayblangan.
Ma'lum bo‘lishicha, u ko‘ngilli ravishda Ispaniyadan O‘zbekistonga qaytib, tergov bilan hamkorlik qilishga, davlatga keltirilgan moddiy zararni qoplashga rozi bo‘lgan.
Unga qarshi ilgari surilgan ayblovlar O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirovga qarshi ochilgan jinoyat ishining bir qismi sifatida hisoblangan.
Alisher Hodiyev O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining o‘g‘li Alisherbek Qodirov bilan yaqin do‘st bo‘lgan va «iqtisodiy jinoiy ishlar»ni «til biriktirgan holda» amalga oshirgan. Ayni vaqtda Alisherbek Qodirov qidiruvda bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. U Bosh prokuraturani 15 yil davomida boshqargan va 2015 yil aprel oyida ishdan bo‘shatilgan.
Bosh prokuratura rasmiy baënotiga ko‘ra, Qodirov ishi doirasida jami 24 shaxsga nisbatan ayblov e'lon qilingan va ulardan 21 nafari hibsga olingan.
Mavzuga oid
15:01 / 16.05.2024
OCCRP: Rashid Qodirovning o‘g‘li Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulklarga egalik qiladi
19:51 / 17.11.2020
«Maxfiy topshiriq bo‘yicha mafiyani fosh etganim uchun qamaldim» - sobiq prokuror hikoyasi
13:40 / 30.07.2019
Rashid Qodirov qachon korrupsion sxema haqida hikoya qiladi?
19:40 / 27.06.2019