Insonning döstlaridan biri kitob hisoblanadi. Uni mutolaa qilişning foydali jihatlari köp. Zamonamiz olimlari buni isbotlaşgan. Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti tadqiqotçilari asablarni tinçlantiriş uçun eng foydali iş - kitob mutolaa qiliş ekanligini aytişgan. Mutolaa qalbni yumşatadi, miya faoliyatini yaxşilaydi. Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning taşqi körinişini ham gözallaştiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura oliş va öz bilimini namoyiş etiş suhbatdoşining mehrini qozonişga yordam beradi.

Şularni anglagan holda, Özbekistonda ham kitob mutolaasi tarğiboti böyiça salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Hatto mamlakat prezidentining 2017 yil 13 sentabr kuni PQ-3271 sonli «Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida»gi qarori ham qabul qilindi.

Mazkur siyosatni anglagan holda, Namangan viloyatida ham deputat va tadbirkor Ma'rufjon Möminov insonlarni kitobga qiziqtiriş böyiça özining yangiça qaraşini joriy qildi. 

«Namangan kitob olami» MÇJ rahbari va «Ma'rifat kitob olami» hayriya jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi bölgan Ma'rufjon Möminov bilan suhbatlaşdik. U kişining taşabbusi bilan bekatlarga qöyilayotgan kitob javonlari haqida ma'lumotlar yiğdik. Taşabbuskor deputat bu işlarni qilişdan asosiy maqsadi nima ekanligi, ğoya qanday paydo bölgani, kelgusi rejalari va boşqa berilgan bir qator savollarga javob berib ötdi.