Rossiyadagi pensiya islohoti muhokamasi Vladimir Putinning islohotlarga özgartirişlar kiritiş taklifidan söng özining mantiqiy yakuniga yetdi.

Rossiya prezidentining telemurojaati 30 daqiqaga yaqin davom etdi.

«Bi-bi-si» prezidentning taklifi rossiyaliklar, federal byudjyet va Putinning öziga qanday ta'sir körsatişini tahlil qildi.

Putin nimalarni taklif qildi?

Foto: TASS / ALEXANDER RYUMIN

Ayollar uçun pensiya yoşini 55 yoşdan 60 yoşga, ya'ni hukumat qonun loyihasida taklif qilinganidek sakkiz yil emas, balki beş yilga oşiriş. Erkaklar uçun pensiya yoşini oşiriş özgarişsiz qoladi – 60 yoşdan 65 yoşga.

Köp bolali onalarning pensiyaga erta çiqiş huquqi. Agar ayolning 3 nafar farzandi bölsa, 3 yil ilgari, 4 nafar bölsa 4 yil ilgari pensiyaga çiqadi. Beş va undan ortiq farzandlari bölgan onalar 50 yoşdan pensiyaga çiqişlari mumkin böladi. Hozirgi qonunçilikka köra beş nafar farzandi bölgan ayollar hamda ikki va undan ortiq farzandi bölib, çekka şimolda ma'lum yillar mobaynida işlagan onalargina pensiyaga erta çiqiş huquqiga ega. 

Yaqin ikki yil içida pensiyaga çiqişi kerak bölgan, ammo pensiya yoşi oşirilişi munosabati bilan pensiyaga çiqa olmaydigan fuqarolarga pensiyaga yarim yil ertaroq çiqişlariga ruxsat beriladi. «Masalan, yangi pensiya yoşi böyiça 2020 yil yanvarda pensiyaga çiqişi kerak bölgan fuqaro 2019 yil iyulda çiqişi mumkin böladi», - deb tuşuntirdi Putin.

Pensiyaga çiqişiga 5 yil qolgan rossiyaliklarga qayta öqiş imkoniyatini beriş va malakasini oşiriş böyiça maxsus dasturni tasdiqlaş lozim, degan Putin. Şuningdek, ular uçun işsizlik nafaqasi miqdori 4,9 ming rubldan 11,3 ming rublgaça oşiriladi. Biznesga yoş diskriminatsiyasi uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi. Tadbirkorlarga pensiyaga çiqiş yoşidagi xodimlarni işga qabul qilganlik uçun imtiyozlar taqdim etiladi. 

Şimoldagi tub aholi uçun amaldagi şartlar saqlab qolinadi. Ular pensiyaga ertaroq – ayollar 50 va erkaklar 55 yoşdan çiqişadi. Avvalroq çekka şimoldagilar uçun ham pensiya yoşini oşiriş taklif qilingandi.