Ahmad aş-Şar’a yetakçiligidagi Suriya Tramp ma’muriyati tomonidan qöyilgan muhim geosiyosiy şartlar qarşisida turibdi:

Tramp undan Isroil bilan Ibrohim kelişuvlarini imzolaş, terrorçilarni Suriyadan çiqarib yuborişni söragan. Xöş, u endi nima qiladi?

“Geosiyosat”da Suriya atrofidagi sönggi voqeliklar yuzasidan siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Bektoş Berdiyev öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

— Ahmad Aş-Şara Tramp qöygan şartlarni bajaradimi?

Bektoş Berdiyev: Ahmad Aş-Şaraning Donald Tramp bilan uçraşgani – katta siyosiy voqea. Bugun Suriyani tiklaş uçun juda katta mablağ kerak. Moliyaviy yordam beruvçi asosiy davlatlar – Saudiya Arabistoni va Qatar. Lekin bu ikki arab davlatining ham Amerika Qöşma Ştatlarining töğridan töğri oçiq ma’qullaşlarisiz Suriyaga yordam beriş imkoniyati çeklangan. Çunki Suriyaga nisbatan e’lon qilingan sanksiyalar bor.

Iqtisodiy omildan taşqari, mintaqadagi geosiyosiy vaziyat, ya’ni Isroil bilan boğliq muammolar jiddiylaşmoqda. Isroil Suriyaning Jölan tepaliklariga öz armiyasini joylaştirdi, şuningdek, Netanyahu Suriyaning yana uruş girdobida qolişidan manfaatdor va ba’zi harakatlari şunga qarab ketyapti.

Ahmad Aş-Şara katta ehtimol bilan Trampning şartlariga rozi bölib, Isroil bilan Ibrohim kelişuvlarini imzolasa kerak.

Şuningdek, Ahmad Aş-Şara hokimiyatini mustahkamlab olgaç, jihodiy guruhlar xizmatidan ham voz keçsa kerak. Lekin keyingi masala borki, Ibrohim kelişuvlarini imzolagan Suriya Isroildan yoki Amerikadan qanday kafolat oladi? Çunki Ahmad Aş-Şara AQŞning topşiriğini bajaryapti va mana şu holatlardagi mavhumliklar saqlanib turibdi.

— Suriyada bugungi asosiy öyinçi davlatlar qaysilar?

Kamoliddin Rabbimov: Suriyada aholining asosiy qismi sun’iy, lekin jamiyatning 10 foiz qismini taşkil etuvçi alaviylar hokimiyatni, mamlakat armiyasini va maxsus xizmatlarni boşqarib kelgan. Şuning uçun ham Suriyaga Eronning ta’siri hokimiyat orqali uzluksiz edi. Lekin alaviylarning özlari kamçilik va u yerda alaviylardan taşqari bölgan salohiyatli katta şia qatlami mavjud emas. Alaviylar Asadlar ketgandan keyin majruhlandi.