Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bozorlarning rahbarlari yoppasiga hibsga olingan
Foto: Flickr
Toshkentdagi yirik bozorlarning rahbarlari rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish ishi bo‘yicha qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, bozorlardagi qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Prokuratura matbuot xizmati qo‘lga olinganlarning shaxsiga aniqlik kiritmadi. Tergov davomida bu ish bo‘yicha ayblanuvchilar soni ortib borishi mumkin.
«Anhor.uz» ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida «Bek to‘pi», «Chorsu» majmuasi, «Chilonzor» (Ippodrom), Sergeli mashina bozori, «Eski jo‘va» dehqon bozori va boshqalarning rahbarlari bor.
«Repost» manbasiga ko‘ra, hozirgacha qo‘lga olinganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 167-moddasi («O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish») moddasi bo‘yicha eng og‘ir jazo 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi. Agar ayblanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplasa, u faqat jarima yoki majburiy axloq tuzatish ishlari bilan qutulishi mumkin.
Mavzuga oid
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:37 / 13.03.2026