Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Janubiy Koreya futbolda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, Son Hyon Min harbiy xizmatdan qutuldi
Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlarining futbol turniri nihoyasiga yetdi.
Finalda Janubiy Koreya va Yaponiya yoshlar terma jamoasi bahs yuritdi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha vaqtlarda koreyaliklarning qo‘li 2:1 hisobida baland keldi. Natijada, ular bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar.
Endilikda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi a'zolari xalqaro musobaqada g‘alaba qozongani tufayli harbiy xizmatga borish majburiyatidan ozod etiladi. Jamoa futbolchilari orasida ayniqsa «Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min shuni istayotgan edi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsda BAA yoshlari Vetnamni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi va bronza medallariga ega bo‘lishdi.
Osiyo o‘yinlari - 2018, futbol
1 sentabr, Jakarta
Final
Janubiy Koreya U23 - Yaponiya U23 - 2:1 (q.v.)
Gollar: Li Sin U (93), Xvan Xi Chxan (101) - Ueda (115)
3-o‘rin uchun bahs
Vetnam U23 - BAA U23 - 1:1 (pen.3:4)
Gollar: Nguyen (27) - Al-Hoshimiy (19)
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025