Jahon | 19:55 / 01.09.2018
14244
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon Rossiyadan 5 milliard dollarlik qurol sotib oldi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Ozarboyjonning Rossiyadan qurol sotib olish bo‘yicha bajarilgan shartnomalari 5 mlrd dollarga baholanmoqda va bu raqamlar o‘sishda davom etmoqda, deb ma'lum qildi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev. Ozarboyjon prezidenti hozirda Rossiyada rasmiy tashrif bilan qolmoqda  

“Biz bugun harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni muhokama qildik. Ular katta an'analarga ega. Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasida amalga oshirilgan shartnomalar, Ozarboyjon Rossiyadan sotib olgan harbiy maqsaddagi mahsulot 5 mlrd dollardan oshadi va o‘sish tendensiyasiga ega. Ozarboyjon o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda, Rossiya esa xalqaro bozorlarga harbiy mahsulot yetkazib beruvchi muhim davlat hisoblanadi”, deb aytgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tgan muzokaralar natijalariga ko‘ra Aliyev.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid