Abdulla Aripov Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘ldi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tez kunlarda o‘z faoliyatini boshlaydigan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘ldi. Bu haqda oliy o‘quv yurti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev “Feysbuk”dagi o‘z sahifasida ma'lum qildi.
«Ta'lim jarayoni, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, talabalarga qulay sharoitlar yaratish va boshqa qator masalalar haqida yurakdan va batafsil gaplashdik.
Tantanali kun esa tobora yaqin yaqinlashmoqda. 40 dan o‘tib 41 ga yaqinlashmoqdamiz», — deb yozgan Sh. Qudratxo‘jayev.
Bosh vazirga Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Mirabbos Inoyatov hamrohlik qilgan.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024