Mey: "Brexit bo‘yicha takroriy referedum o‘tkazilmaydi"
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey The Sunday Telegraph'ga bergan intervyusida mamlakat milliy manfaatlariga kirmaydigan hech bir chaqiriq uni fikridan qaytishga majbur qila olmasligi haqida ma'lum qildi. Shu tariqa u Britaniya amaldagi hukumatining Yevropa Ittifoqi (YeI)dan chiqishga doir rejasi himoyasiga bayonot berdi.
Mey shuningdek ikkinchi referendum o‘tkazilishini talab qilayotganlarga "taslim bo‘lmasligi"ni aytdi. "Bu bizning demokratiyaga nisbatan jirkanch xiyonat bo‘ladi", - deydi Britaniya bosh vaziri. Gap shundaki, Britaniya parlamentining ba'zi a'zolari kiruvchi "Xalq ovozi" (The People's Vote)tashkiloti ikkinchi referendum o‘tkazilishiga chorlamoqda.
2019 yilning 29 martida Buyuk Britaniya Yevroittifoqni tark etadi. Bu sanaga qadar esa London va Bryussel blokdan chiqish shartlariga doir kelishuvga erishishi kerak. Iyul oyida Britaniya hukumati YeIdan chiqishga oid kelishuvni taqdim etdi, mahalliy matbuot bu hujjatni Chekersdagi kelishuv deb ataydi.
Yevroskeptiklar ushbu hujjatga muqobil kelishuv tayyorlashmoqda, uning Britaniya TIVning sobiq rahbari Boris Jonson va Brexit bo‘yicha sobiq vazir Devis Devis tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kutishmoqda (ikkisi ham Tereza Mey pozitsiyasini qo‘llamasligi sabab hukumatni tark etgan).
"Biz foydali kelishuv bilan chiqmoqchimiz va unga erisha olishimizga ishonamiz. Shunday bo‘lsa-da, hali ko‘p muzokaralar o‘tkazish kerak, albatta", - deydi Mey. Bosh vazir London kelishuvsiz chiqish ehtimoliga tayyorlanayotganini qayd etdi. "Ba'zi masalalar bo‘yicha ham Britaniyaga, ham YeIga jiddiy qiyinchiliklar bo‘ladi", - ta'kidladi u.
Chekersda muvofiqlashtirilgan reja Britaniyaning tovarlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha umumevropa standartlari hamda ma'yorlariga rioya qilishini, buning evaziga esa Yevropa yagona bozorida cheklovlarsiz savdo qilish huquqiga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Yevroskeptiklar esa Brexit bo‘yicha qat'iy pozitsiya tarafdori, ya'ni ular Britaniyaning Yevropa yagona bozori va YeI Bojxona ittifoqidan chiqishi, shuningdek Britaniyadagi Yevropa Ittifoqi sudi yurisdiksiyasi faoliyati tugatilishini talab qilishmoqda.
Buyuk Britaniya, Tereza Mey, Brexit
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024