Direktorlar uchun saboq: bir yilda tumandagi eng qoloq maktabdan eng yuqori darajagacha
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi 1968 yilda qurilgan bo‘lib, 960 ta o‘ringa mo‘ljallangan. Oxirgi paytlarda maktab yarim vayron holatga kelib qolgan edi, maktabning tuman va respublika miqyosidagi reytingi ham eng quyi pog‘onalarda edi. Undan tashqari, maktabdagi o‘quvchilar soni maktab imkoniyatidan bir necha barobarga kamayib ketgan edi, deb xabar qilmoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
2017 yilning aprel oyida maktabga yangi direktor tayinlandi. Uning rahbarligida maktabni tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi loyihalar ishlab chiqildi hamda amalga oshirish ishlari boshlandi.
Islohotlarga ota-onalar va hozirda muvaffaqiyatli tadbirkorlarga aylangan maktab bitiruvchilari ham jalb etildi. Ular maktabning joriy ahvoli va muammolari bilan tanishdi. Keyinchalik, ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha bosh ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, maktabda “Vasiylik kengashi” tuzilib, homiylar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Homiylik yordamini ko‘rsatgan ota-onalar yil davomida “Vasiylik kengashi”da ham ishtirok etadilar. Homiylik yordami natijasida maktabga 9 milliard so‘m miqdorida homiylik yordami ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, direktor va uning hamkasblari ta'lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida turli innovatsion loyihalarni ishlab chiqdilar. Xususan, iqtidorli va a'lochi o‘quvchilarga bir yilda ikki marta 100 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha miqdorda “Iqtidorli o‘quvchilar uchun stipendiyalar” berildi.
Bugungi kunga kelib, o‘quvchilar soni 380 dan 1440 ga ko‘tarilgan. Shuningdek, sinflar soni 14 tadan 45 taga oshdi. 37 parametrga ko‘ra maktab tumanda so‘nggi 29-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2017-2018 o‘quv yili oxiriga kelib esa, u tumanda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024