Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Afrika davlatlariga 60 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratadi
Xitoy raisi Si Tszinpin Afrika davlatlariga 60 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy-Afrika hamkorligi forumidan Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Bu mablag‘dan 15 mlrd dollarini foizsiz va imtiyozli kreditlar hamda shundoq ajratish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Afrika davlatlariga 20 mlrd dollarlik kredit liniyasi taqdim qilinadi. 10 mlrd dollar Xitoy va Afrikani rivojlantirish maxsus jamg‘armasi orqali, 5 mlrd dollar esa Afrika importini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali ajratiladi. Qolgan 10 mlrd dollarni Xitoy kompaniyalariga 3 yil davomida investitsiya qilish taklif qilingan. Bundan tashqari, Xitoy Afrikaning nochor davlatlaridan hisob-kitob qilish muddati 2018 yilda yakunlanuvchi davlat qarzlarini kechib yuboradi.
“Xitoy-Afrika hamkorligi Xitoy va Afrika odamlariga ko‘rish va his qilish mumkin bo‘lgan foyda va muvaffaqiyat taqdim qilishi kerak”, deb aytgan Xitoy raisi.
Si Tszinpin Xitoy Afrikada ekologiya sohasida 50 ta loyihani amalga oshirib, atrof-muhitni saqlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga e'tibor qaratadi. U, shuningdek, Xitoy Afrika ittifoqiga bepul harbiy yordam taqdim qilishni davom ettirib, tinchlik va xavfsizlik jamg‘armasini tashkil qilishga va'da bergan.
Jon Xopkins universitetining istiqbolli xalqaro tadqiqotlar maktabi ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy 2000 yildan 2016 yilgacha davr ichida Afrikaga 125 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ajratgan.
Mavzuga oid
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026