Jahon | 20:13 / 03.09.2018
11335
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov AQShni shantajda aybladi

Foto: REUTERS

Amerika Qo‘shma Shtatlari boshchiligidagi bir guruh mamlakatlar diplomatiya orqali emas, balki ultimatum va shantaj yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishga intilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti talabalari oldidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi kichik mamlakatlar guruhi bor, u muloqotni xohlamayapti, diplomatiya o‘rniga diktat, ultimatumlar, shantajni qo‘llashni istaydi», - dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligining xodimlari bunday holatni har kuni kuzatib borishyapti.

«Hamma narsani taftish qilish, Eron yadro dasturiga yechim topish bo‘yicha keng qamrovli harakat rejasidan tortib, iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi, Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitimgacha. So‘nggisini hozirda to‘g‘rilashga urinishmoqda, lekin bu amalga oshmayapti», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Shuningdek, Lavrov JST ishi ham tahdid ostida ekanini bildirdi, sababi AQShda u «eskirgan» tashkilot deb atalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Rossiya «xafa bo‘lgan pozasiga» turib olmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid