Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka taklif etmoqda
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport jihozlari va inventarlarini xarid qilishda shaffof tizim yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan eng ilg‘or va sifat ko‘rsatkichi yuqorilarini o‘rganish maqsadida joriy yilning 7 sentabr kuni poytaxt (Taekvondo WTF assotsiatsiyasining zali)da ko‘rgazma tashkil etilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda respublikadagi sport inshootlari uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 90 turdagi 30 mlrd so‘mlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, g‘oliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishlari mumkin.
Mavzuga oid
20:58 / 04.11.2024
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari kuchaytiriladi
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024
Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda
10:38 / 24.06.2024