Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Rossiyaga protest bildirdi
Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga janubiy Kuril orollarida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga bag‘ishlangan tadbirlar tufayli Rossiyaga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Yaponiya hukumati «shimoliy hududlar» tumanida o‘tkazilgan tadbirlar haqida gapirgan - Yaponiyada Kunashir, Xabomai, Shikotan va Iturup orollarini shunday atashadi.
«To‘rtta shimoliy orolda Rossiya qurol-yarog‘i yordamida kuchayish borasidagi ishlarga kelsak, bu bizning mamlakatimiz pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi va biz turli yo‘llar bilan norozilik bildiramiz», - dedi Suga.
Uning qayd etishicha, Rossiya harbiy ishtirokining kuchayishi mamlakatning to‘rtta «shimoliy orollar» pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi. Kotibning qo‘shimcha qilishicha, bunday vaziyat «qabul qilinmaydi». Shuningdek, u protest diplomatik kanallar orqali topshirilganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiyani «jiddiy xato» haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026