O‘zbekiston | 08:41 / 04.09.2018
22590
2 daqiqa o‘qiladi

Aripov Shahrisabzdagi tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

2018 yil 3 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Shahrisabz shahrida 6-10 sentabr kunlari o‘tkaziladigan Xalqaro Maqom san'ati Anjumaniga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Xalqaro miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda olib borilayotganligi bilan birga, mutasaddi rahbarlarga qo‘shimcha vazifa va topshiriqlar berildi.

Bosh vazir tomonidan respublikaning har bir hududlaridan tashrif buyurgan tashkilotchilar o‘zining tarixi va madaniyatini namoyishida milliylik iforini tarannum etuvchi ekspozitsiyalarini ko‘paytirish vazifalari topshirildi. Shu bilan birga, hududga mos taomlar turlarini tayyorlash va mehmonlarning tanovul qilinishi ko‘zda tutildi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Tanishuv davomida anjumanning chet ellik ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir doirasida ularning Qashqadaryo viloyatining o‘ziga xos urf-odatlari, udumlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, qadamjolar va ziyoratgohlarga ham tashriflari rejalashtirilgan.

Xususan, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan Yakkabog‘ tumanidagi Xo‘jai Ilg‘or qishlog‘i, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir ziyoratgohi, Chiroqchi tumanining Chiyali qishlog‘i va boshqa bir qator madaniy meros obektlari shular jumlasidandir.

Foto: Madaniyat vazirligi
Foto: Madaniyat vazirligi

 

Mavzuga oid