23:06 / 04.09.2018
28541

Hindistonda dunyodagi eng baland haykal qurilishi yakuniga yetmoqda 

Hindistonning Gujarot shtatida dunyodagi eng baland bo‘ladigan haykal qurilishi yakunlanmoqda. Uning balandligi 182 metrni tashkil qilib, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan 2 marta balandroq bo‘ladi. Narmada daryosidagi orolda qurilayotgan bu haykal balandligi postamenti bilan 240 metrga yetadi. 

Foto: AFP

Ushbu ulkan haykalda Sardor Patel – Hindiston mustaqilligi kurashchisi, mamlakat konstitutsiyasi hammuallifi siymosi aks ettirilgan. 

Foto: AFP

Dastlab Vallabhay Patel bo‘lgan, keyinchalik Sardor nomini hamda “Hindistonning temir odami” va “hind Bismarki” laqablarini olgan bu inson hind milliy-ozodlik harakati qatnashchilari uchun haqiqiy qahramon hisoblanadi. Hindiston 1947 yilda Britaniya Imperiyasidan mustaqil bo‘lgan. Maxatma Gandining sodiq izdoshi bo‘lgan Patel ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini olgan. U mamlakat ko‘plab mayda davlatlarga bo‘linib ketmasligi va yaxlit bo‘lib qolishi uchun ko‘p sa'y-harakatlar amalga oshirgan. O‘sha vaqtda knyazliklar Hind ittifoqi hududining 48 foizini egallagan. Hammasi bo‘lib ularning soni 500dan ko‘proq bo‘lgan va ularni bir butun qilib ushlab qolish murakkab ish bo‘lgan. Biroq Patel Hindistonni qilich va qon bilan emas, balki tinch yo‘l bilan birdamlikka olib kelgan.

Patel 1950 yilda Bombeyda vafot etgan. 2013 yil noyabrida uning sharafiga ko‘tarilayotgan “Birdamlik haykali” poydevoriga birinchi tosh qo‘yilgan. Haykal 2018 yil 31 oktabrda tantanali tarzda ochiladi.

Foto: AFP

Ma'lum qilinishicha, ushbu haykal  Hindiston hukumatiga 430 mln dollarga tushgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modining tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu haykal qurilishi bir necha marotaba tanqid qilingan. Haykal asosida muzey va ko‘rgazmalar zali, 153 metr balandlikda esa tomosha maydonchasi bo‘ladi. Haykalga 3,5 kmlik masofani qayiqda suzib, yetib kelish mumkin.

Ayni vaqtda dunyodagi eng baland haykal Myanmadagi Shakyamuna Buddasi haykali hisoblanadi. Uning balandligi postamenti bilan 129,24 metrni, usiz 115,82 metrni tashkil qiladi. 

Foto: AFP
Foto: AFP
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 
Foto: Michael Graves 

 

Top