Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo‘lovchi samolyotda uchib keldi
British Airways reysining g‘ayrioddiy yo‘lovchisi haqida Facebook foydalanuvchisi Katerina Kozoriz yozdi: “Do‘stlar, bugun Londondan Kiyevga British Airways samolyotida uchib keldik va g‘ayrioddiy yo‘lovchini ko‘rib hayron qoldik. U barchaga tabassum qildi, yuklarini yukxonaga o‘zi joyladi va oddiyligi bilan hayratda qoldirdi”.
Petr Poroshenko Jon Makkeynning ta'ziya marosimida ishtirok etib AQShdan qaytayotgan bo‘lgan.
Ukraina prezidentining aviatsiya parki uchta: A-319-115, An-74TK-300D, An-148 samolyoti va Mi-8MTV-1 vertolyotidan iborat. Segodnya.ua’ning xabar berishicha, AQShga tashrif shaxsiy maqsadda bo‘lgani sababli Poroshenko oddiy yo‘lovchi samolyotdan foydalangan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026