Shaxsiy moliya bo‘yicha o‘qishga arziydigan 8 kitob
So‘nggi yillarda chiqqan ushbu kitoblar sizga byudjyetni rejalashtirish, aql bilan investitsiya kiritish, bema'ni xarajatlar qilmaslik va moliyaviy maqsadlarga erishishda yordam beradi.
1. «Pulning psixologik qopqoni», Geri Belski, Tomas Gilovich
Pulni ishlab topish – ishning yarmi. Ikkinchisi –pulni to‘g‘ri sarflash. Aqlsiz xarajatlarga olib boradigan bir xil xatolar qilamiz. Bu kitobdan his-tuyg‘u, xulq-atvor va jamiyat moliyaviy qarorlar qabul qilishga qanday ta'sir qilishi haqida bilib olasiz. Xulq-atvor iqtisodiyotini bilish o‘zingiz va xarajatlaringizni nazorat qilishda yordam beradi.
2. «Moliyaviy kundalik. Pulni tartibga solish», Aleksey Gerasimov
Nazariyadan tajribaga o‘tamiz. Bu kundalik moliyaviy xulq-atvoringizni kuzatishda yordam beradi: omonatlarni rejalashtirish, kirim va chiqim hisobini yuritib, ularni tahlil qilish. Kundalik uch oyga mo‘ljallangan. Bu vaqt orasida shaxsiy moliyangizga tegishli bo‘lgan barcha ma'lumotlarni yozishga o‘rgangansiz.
Keyin o‘sha jadvallarni oddiy daftarga yozib, matnli faylda hisob-kitobni yurita olasiz. Mohiyat – har kuni raqamlarni yozish orqali o‘z moliyaviy maqsadlaringizni yaxshiroq ko‘rib, ularga doimiy ravishda harakat qilishda.
3. «Pul qayerga ketadi? Oila byudjyetini aql bilan boshqarish», Yuliya Saxarovskaya
Bu kitob har oy pul qayerga ketdi deb hayron bo‘ladiganlar uchun. Moliya bo‘yicha maslahatchi va investor Yuliya Saxarovskaya o‘zining joriy holatini bilish, xarajatlarni optimallashtirish, kelajakda oila byudjyeti va moliyaviy rejani tuzish. Bularning bari – hayotiy misollar va xatolarni tahlil qilish. Pulni qayerda saqlash, qayerga sarmoya kiritish, nafaqaga moliyaviy ta'minlangan odam bo‘lish haqida bilib olasiz.
4. «Hamyon va hayot», Viki Robin
Ishlashmi yoki yashash, yashashmi ishlash – doimiy masala. Javob kundek ravshandek ko‘rinadi. Biroq shunga qaramay, ko‘pchilik umrini barcha xursandchiliklar haqida unutib, pul ortidan quvib, o‘tkazadi. Viki Robinning kitobi moddiy qadriyatlarga o‘z munosabatini qayta ko‘rib, moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam beradi.
5. «Shaxsiy boylik: Ko‘paytirish, himoya qilish, egalik qilish», Styuart Lukas
Lotereyaga katta pul yutib olib, uni sarflab yuborib, avvalgi hayot tarziga qaytgan odamlar haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu uzoq muddatli strategiya va mablag‘ni aql bilan boshqarish ko‘nikmasi uchun yorqin misol. Ko‘pchiligimizga bu muammo tanish.
Kitob muallifi Styuart Lukas nafaqat moliyaviy maslahatchi, uning o‘zi ham Carnation oilaviy kompaniyasini boshqaradi. U kitobxonlarga mablag‘ni ko‘paytirish, o‘z boyligini himoya qilish, yo‘qotishlarsiz sarmoya kiritish, maslahatchini tanlash va rejalashtirishda ko‘plab xatolarni bartaraf etish haqida gapirib beradi.
6. «Pulning sirli tili.Aqlli moliyaviy qarorlarni qabul qilish», Devid Kryuger
Pul qancha ko‘p bo‘lsa, moliyaviy muammolar shuncha ko‘payadi. Biz ko‘proq pul sarflaymiz, jahlimiz chiqadi va pul tufayli xafa bo‘lamiz, aqlsiz xaridlar qilamiz. Devid Kryuger pulga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirish va ularni aql bilan boshqarish haqida gapirib beradi. Bu o‘z moliyaviy holatini yaxshilashni istaydigan, biroq buni qanday amalga oshirishni bilmaydiganlar uchun qiziq qo‘llanma.
7. «Yo‘qotma! «Ota» Kiyosaki nima haqida aytmagan?», Isaak Bekker
Kitob o‘z boyligini oshirish haqida. Bu professional moliyaviy maslahatchi tomonidan yirik sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan kitobxonlarga berilgan foydali maslahatlar to‘plami. Pulni saqlashning turli instrumentlarining ijobiy va salbiy tomonlari hamda pulni sarmoya qilish haqida batafsil yozilgan: depozit, obligatsiya, aksiya, sug‘urtalash va fondlar.
8. «Pullarning g‘olibligi», Nial Fergyuson
Bu kitob ro‘yxatdagi kitoblardan farq qiladi. Unda siz amaliy maslahatlarni topmaysiz. Bu kitob pul nima ekani, qadimdan bugungi kungacha qanday yo‘lni bosib o‘tgani haqida. Dunyoning moliyaviy tarixi iqtisodiy jarayonlar haqidagi fikrlar va qaysi voqealar iqtisodiy inqirozlarga olib borishini ko‘rsatadi. Sizni qiziqarli bayon va ko‘plab faktlar kutadi.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
13:34 / 07.10.2024