Hafta davomida FZT amaldorlari iqtisodiy rivojlaniş va umumiy holat böyiça bayonotlar berişdi. Ta’kidlanişiça, iqtisodiyot ular istagan dinamikada davom etyapti. Bundan taşqari, iqtisodiy holat bir zumga tebranuvçanlik va tartibsizlik yölagiga kiriş ehtimoli mavjud va bu nazoratda böladi. Payşanba kuni e’lon qilingan çakana savdo ma’lumotlariga köra, sentabr oyida ösiş sur’ati saqlanib, prognozdan yuqoriroq körsatkiç, ya’ni 0,4 foizni taşkil etgan. Dastlabki işsizlar da’volari ham bu hafta biroz bölsa-da, yaxşiroq statistika körsatdi va avvalgi haftaga nisbatan kamayib, 241 minggaça pasaygan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 14 oktyabrdan 18 oktyabrgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5864 (hafta boşidan +0,85 foiz, yil boşidan +22,95 foiz);
- NASDAQ – 18489 (hafta boşidan +0,8 foiz, yil boşidan +23,17 foiz);
- DJI – 43275 (hafta boşidan +0,96 foiz, yil boşidan +14,82 foiz).
Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 412 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravişda 146 va 50 punktga kötarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2721 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +2,41 foiz, yil boşidan +31,92 foiz;
- Kumuş – 33,7 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +6,89 foiz, yil boşidan +41,71 foiz.
- Alyuminiy – tonnasi 2605 dollar (hafta boşidan -1,07 foiz; yil boşidan +11,35 foiz);
- Mis – 4,37 dollar (hafta boşidan -2,23 foiz; yil boşidan +13,29 foiz).
Qimmatbaho metallar geosiyosiy tiğizliklar fonida turli natijalar qayd etdi. Alyuminiy va mis hafta davomida mos ravişda 28,1 dollar va 0,10 dollarga pasaydi. Oltin va kumuş 64,09 dollar va 2,17 dollarga qimmatlaşdi.
Neft
- WTI – 68,78 dollar (hafta boşidan -8,83 foiz, yil boşidan -3,53 foiz);
- BRENT – 78,85 dollar (hafta boşidan +1,02 foiz, yil boşidan +2,35 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 6,66 dollarga, BRENT esa 5,71 dollarga arzonlaşdi.











