Jahon | 22:38 / 06.09.2018
46828
3 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p multimillionerlar yashovchi shahar nomi e'lon qilindi

Foto: Depositphotos

Nyu-York dunyoning eng ko‘p multimillionerlar yashovchi shahri maqomini qo‘ldan chiqardi, 2017 yilda 30 million dollarlik kapitalga ega nyu-yorkliklar soni 7 foizga (8865 kishiga) oshgan. Shunday bo‘lsa-da, Honkongda ularning soni deyarli uch baravarga o‘sgan va 10 mingdan ziyodni tashkil qilgan. 

Wealth-X kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, 2017 yil oxiriga borib dunyoda kamida 30 million dollardan pulga egalik qiluvchi 255 810 kishi (Ultra high-net-worth individuals, UHNWI) qayd etilgan. Ekspertlarning hisob-kitob qilishicha, bir yil ichida multimillionerlar soni 12,9 foizga oshgan, ularning umumiy mablag‘i esa 31,503 trillion dollarga yetib, 16,3 foizga o‘sgan. 

Mazkur summaning biroz kam uchdan bir qismi (9,205 trillion dollar) 2754 nafar milliarderga tegishli. Shuningdek, 500 milliondan 1 milliard dollargacha mablag‘ga ega 4326 kishi 3 trillion dollarga egalik qiladi. Bundan tashqari, 30-50 million dollar moliyaviy holatga ega 122,47 ming kishi 4,663 trillion dollarni nazorat qiladi.

UHNWI soni o‘tgan yili dunyoning barcha yirik mintaqalarida o‘sdi, biroq yangi multimillionerlar eng ko‘p Osiyo mamlakatlarida paydo bo‘lgani qayd etilgan. Bu mintaqada badavlat kishilar soni 18,5 foizga o‘sgan, ularning umumiy boyligi esa 26,7 foizga oshgan. 

Taqqoslash uchun, Shimoliy Amerikada UHNWI bir yilda 9,5 foizga, Yevropada esa 12,8 foizga ko‘paydi. Multimillionerlarning umumiy soni va ularning jami boyligi bo‘yicha Osiyo Yevropaga yaqinlashib qoldi (68,97 ming-8,365 trln dollarga qarshi 72,57 ming-8,773 trln dollar), kelasi yil Osiyo bu ko‘rsatkichlariga ko‘ra Yevropaga yetib olishi kutilmoqda. 

UHNWI soni bo‘yicha hozircha Shimoliy Amerika yetakchilik qilmoqda, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 30 million dollar va undan ortiq boylikka ega kishilar soni 90,44 mingni tashkil qilgan, ularning jami boyligi esa taxminan 11 trillion dollarga baholangan. Shimoliy Amerika multimillionerlarining aksariyati AQShda yashaydi. 

Yaqin kelajakda UHNWI soni bo‘yicha AQSh yetakchiligiga hech bir davlat raxna sola olmaydi, ularning soni reytingning keyingi besh mamlakatdagi badavlat kishilar umumiy ko‘rsatkichidan ham ko‘p, bular - Yaponiya, Xitoy (Honkong va Makaoni hisobga olmaganda), Germaniya, Kanada va Fransiya. 

Mavzuga oid