London Putinni Skripallarni zaharlashda aybladi

Foto: Mikhail Metzel/Tass
Buyuk Britaniya xavfsizlik vaziri Ben Uollesning ma'lum qilishicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning «Novichok» asab-falajlovchi moddasi bilan zaharlash holatida shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin javobgardir. Uning so‘zlari The Guardian gazetasi tomonidan keltirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Skripallarga qilingan hujum - Putinning mamlakatda hokimiyatni qattiq nazorat qilishining natijasidir. «Yakunda u shaxsiy javobgarlikka egadir, sababi u o‘z davlatining prezidenti, uning hukumati esa maxsus xizmatlar - GRU - faoliyatini Mudofaa vazirligi orqali boshqaradi hamda moliyalashtiradi, - deya ma'lum qildi u. - U o‘z davlatida ro‘y berayotgan narsalarni nazorat qilmaydi, deb kimdir aytishiga ishonmayman».
Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bevosita Rossiya rahbarini ayblamagan, biroq, Rossiya maxsus xizmatlari zaharlashda aybdorligini ma'lum qilgan.
Gazetaning yozishicha, London Kremlga diplomatik bosimni oshirish va Moskva sodir bo‘lgan hodisa uchun javobgar ekani haqidagi masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘tarish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktoriya Skripal Rossiyadagi har uchinchi odam Skotland-Yard qidirayotgan shaxslarga o‘xshashini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston chegarani o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi
Jahon | 08:50
-
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 08:31
-
Zelenskiy Mersga: Ukraina Germaniyaning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda
Jahon | 08:18
-
Uzbekistan Airways ayrim yo‘nalishlarda parvozlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi
O‘zbekiston | 07:51
Mavzuga oid

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

19:56 / 07.05.2025
Britaniyada 400 yil ichida ilk bor yovvoyi qunduz aniqlandi

18:17 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

23:51 / 06.05.2025