Jamiyat | 12:47 / 06.09.2018
15052
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Online office»dan ajoyib taklif: kursimizda o‘qib, buxgalter kasbiga ega bo‘ling

O‘qishga kira olmadingizmi? Xafa bo‘lmang. «OnlineOffice.uz buxgalteriya xizmatlari» korxonasi asoschisi va rahbari Hojiakbar Ataxodjayevdan eksklyuziv taklif: ikki oylik «Amaliy buxgalteriya» kursida o‘qing va pul topishni boshlang.

Foto: OnlineOffice.uz
Foto: OnlineOffice.uz

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining o‘zida 2018 yilning birinchi olti oyi mobaynida 7418ta yangi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Bu degani taxminan har ish kunida yangi 60ta korxona tashkil topadi va bu korxonalarning har biriga buxgalter kerak. Buxgalteriya sohasida ishlab bir oyda 500 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha yoki undan ham ko‘proq pul topishingiz mumkin, bir vaqtning o‘zida bir necha korxonaning buxgalteriyasini olib borishingiz yoki buxgalteriya bilimlarini puxta egallab «OnlineOffice.uz buxgalteriya xizmatlari» korxonasiga o‘xshagan buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonaga asos solishingiz mumkin. Ha aytgancha, buxgalter bo‘lib ishlash uchun universitet yoki institut diplomlari talab etilmaydi. Maxsus bilim va tajriba bo‘lsa kifoya.

Foto: OnlineOffice.uz
Foto: OnlineOffice.uz

«Amaliy buxgalteriya» kursi kimlar uchun.

Agar Siz

  • Buxgalteriya sohasida karera qilmoqchi bo‘lsangiz
  • Uyingizda ishlab pul topmoqchi bo‘lsangiz
  • Kasbingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz
  • Buxgalteriya xizmatini ko‘rsatadigan korxona ochmoqchi bo‘lsangiz
  • Biznesingiz buxgalteriyasini o‘zingiz yuritmoqchi bo‘lsangiz
  • Buxgalteringiz nima qilayotganini tushunmoqchi bo‘lsangiz

«Amaliy buxgalteriya» kursida o‘qib ushbu maqsadlaringizga erishishingiz mumkin.

O‘qish jarayoni maxsus o‘ylab topilgan korxona misolida nazariy va amaliy mashqlar shaklida olib boriladi. Bundan tashqari, korxonangizdagi haqiqiy shart-sharoitlarni ham misol tariqasida qo‘llab o‘rganishingiz mumkin.

Kurs ishtirokchilari korxonaning ochilishidan boshlab yil yakuni bo‘yicha balans tuzilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarini ko‘rib chiqishadi va o‘rganishadi.

Kurs davomida maxsus vazifalarni bajarib buxgalterlik ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz.

Foto: OnlineOffice.uz

Olinadigan foyda.

Vaqtingizni tejaysiz – buxgalteriya hisobini mustaqil o‘rganish qiyin va uzoq vaqt talab etadi. Biz eng foydali formatda, qisqa muddatlarda o‘rganishni taklif qilamiz.

O‘zingizga ishonchingiz ortadi – Siz olgan bilimlaringizga asoslanib buxgalter sifatida ish boshlashdan qo‘rqmaysiz. Agar o‘z biznesingiz bo‘lsa, buxgalteringiz qilayotgan ishlarini tushunib borishingiz mumkin bo‘ladi.

Ishga joylashishda boshqalardan ustunlik – «Amaliy buxgalteriya» kursini o‘qiganingiz haqida sertifikatga ega bo‘lasiz. Kursni a'lo baholarga tamomlagan o‘quvchilar ma'lumotlari maxsus bazada to‘planadi va kelajakda «OnlineOffice.uz buxgalteriya xizmatlari» korxonasida yoki boshqa korxonalarda ish bilan ta'minlanishlari mukin.

Pulingizni tejaysiz – Agar kichik biznes egasi bo‘lsangiz, buxgalteriyangizni o‘zingiz bemalol yuritib buxgalterga beradigan maoshingizni tejashingiz mumkin.

O‘zingizni ish bilan ta'minlaysiz – Kursni yakunlab har kuni ochilayotgan 60ta yangi korxonadan biriga yoki bir nechtasiga «frilanser» buxgalter sifatida ishga joylashib, o‘z uyingizda o‘tirib ishlab pul topishingiz mumkin.

Biznes egasi bo‘lasiz – agar sizga buxgalteriyadan olgan bilimlaringizni biznes darajasiga olib chiqib, boshqa buxgalterlarni ham ish bilan ta'minlash qiziq bo‘lsa, «Amaliy buxgalteriya» kursi o‘qituvchisi, «OnlineOffice.uz buxgalteriya xizmatlari» korxonasi asoschisi va rahbari Hojiakbar Ataxodjayevdan buxgalteriya biznesi haqida bepul maslahatlar olishingiz mumkin.

Kursni kim olib boradi?

Kursni buxgalteriya, moliya, bank va biznes sohalarida 16 yillik tajribaga ega, «OnlineOffice.uz buxgalteriya xizmatlari» korxonasi hamda «Amaliy Buxgalteriya» kursi asoschisi va rahbari, moliyachi diplomiga ega, «O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi» sertifikatlariga ega Hojiakbar Atoxadjayev o‘zbek tilida olib boradi.

Kurs qachon va qayerda bo‘ladi?

12 sentabrdan boshlanadi, haftasiga 3 marta 2 soatdan, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83 uy (O‘zgazloyiha binosi) da bo‘lib o‘tadi. Mo‘ljal: Tinchlik metrosi.

To‘lov shartlari:

1 oy uchun 600 000 so‘m.

10 sentabrgacha1 oy uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, 15 foiz chegirma bilan 1 oy uchun 510 000 so‘m.

10 sentabrgacha 2 oy uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, 25 foiz chegirma bilan 2 oy uchun 900 000 so‘m.

O‘zingiz bilan bir odam olib kelsangiz, 20 foiz chegirma bilan 1 oy uchun 480 000 so‘m, ikkita odam olib kelsangiz, 40 foiz chegirma bilan 1 oy uchun 360 000 so‘m, va hokazo. 5 kishi olib kelsangiz, 100 foizlik chegirma.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

+99899 831 0 831

+99899 822 0880

Facebook: OnlineOffice.uz

Reklama huquqi asosida