Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Xitoy harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Xitoy markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Syuy Tsilyan harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar ikki davlat hamkorligidan qoniqish hosil qilayotganliklarini va bu hamkorlik o‘zaro sa'y-harakatlar natijasida yanada rivojlanishiga umid bildirgan.
Uchrashuvda Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik hamda ilgari imzolangan kelishuvlarning bajarilishi masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi xavfsizligini ta'minlash, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va boshqa uyushgan transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish borasida fikr almashilgan.
Avvalroq Xitoy markaziy harbiy kengashi rahbarining o‘rinbosari Syuy Tsilyan 1-9 sentabr kunlari Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga tashriflar amalga oshirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026