Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuperning ilk o‘yinida Suriyani yengolmadi
O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Suriya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Bu argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qo‘l ostidagi ilk bahs edi.
Birinchi bo‘lim mehmonlarning tashabbusi ostida o‘tdi. Ular bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratib, hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo, darvozabon Nesterov barcha zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz faollashdilar. Ular ketma-ket hujumlarni tashkil etib, raqibni xato qilishga majbur etdilar. 62-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Marat Bikmayev aniq amalga oshirdi.
Shundan so‘ng, Suriya tashabbusni qo‘liga oldi va 78-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Umar As-Soma boshi bilan aniq zarba yo‘llab, Nesterovni dog‘da qoldirdi.
O‘yin oxirigacha bu hisob o‘zgarmay qoldi.
O‘rtoqlik o‘yini
6 sentabr, Toshkent, «Milliy» stadioni, 17800 tomoshabin
O‘zbekiston - Suriya - 1:1 (0:0)
Gollar: Marat Bikmayev (62 pen) - Umar As-Soma (78)
O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxo‘jayev, 46), 16.Otabek Shukurov, 27.Sardor Rashidov (14.Eldor Shomurodov, 76), 10.Marat Bikmayev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin G‘ofurov (26.San'at Shixov, 68), 28.Ivan Nagayev (15.Sardor Mirzayev, 55)
Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Sabog‘, 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al-Bavur, 5.Umro Al-Midaniy, 8.Mahmud Al-Mavas, 9.Umar As-Soma, 11.Usoma Umariy (7.Anas Usmon, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf
Ogohlantirishlar: Tamir Xoj Muhammad (30)
Bosh hakam: Chorimurod Qurbonov
Qanot hakamlari: Polvon Polvonov, Ahmet Beknazarov (barchasi - Turkmaniston)
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026