Butunjahon Internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot mavjud bölgan Internet tarmoği veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanişni çeklaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra Taqiqlangan axborot mavjud bölgan butunjahon Internet tarmoğidagi axborot resurslari reyestri yuritiladi. Uşbu Reyestrga kiritilgan axborot resurslaridan foydalaniş çeklanadi.
Internetdagi axborot resurslaridan foydalanişni çeklaş uç bosqiçda amalga oşiriladi.
Birinçi bosqiçda, taqiqlangan axborot mavjud bölgan resurslarni aniqlanadi. Uşbu bosqiçdagi harakatlar Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tomonidan amalga oşiriladi. Markazga yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan belgilangan tartibda kelib tuşgan murojaatlar ham monitoring olib borişga asos böladi.
Monitoring natijasida taqiqlangan axborot mavjud bölgan Internet tarmoği axborot resursi aniqlangan taqdirda Markaz bu böyiça xulosa tayyorlaydi.
Ikkinçi bosqiçda axborot resursi Reyestrga kiritiladi. Reyestrga kiritiş uçun Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining xulosasi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasining qarori asos böladi.
Uçinçi bosqiçda vakolatli organ - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan internet tarmoğidagi axborot resurslarini çeklaş böyiça taşkiliy texnik tadbirlar amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, qonunçilikka muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, şu jumladan, bloger tomonidan veb-saytda va (yoki) veb-sayt sahifasida quyidagi axborotlarni tarqatiş, uşbu resursni çeklanişiga olib keladi:
• Özbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zörlik bilan özgartirişga da'vat etiş;
• uruş, zöravonlik va terrorizmni, şuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm ğoyalarini tarğib qiliş;
• davlat siri bölgan ma'lumotlarni yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni oşkor etiş;
• milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatuvçi, şuningdek fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatiga yoki işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöyuvçi axborotni tarqatiş;

















