Qon topşiriş öz-özidan yoqimsiz jarayon, boz ustiga ertalab soat 7 dan turib poliklinikaga borişga töğri keladi. Köpinça hatto nonuşta qiliş ham mumkin emas. Bir oydan keyin esa şifokor yana öşa natijalarni qayd etuvçi takroriy tahlillarga yönaltiradi. Haqiqatda şunday qiliş şartmi? Buni yengillaştirişning iloji yöqmi? "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy"da şu haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.
1. Nima uçun qon tahlillari ertalab olinadi?
Şunisi qulayroq. Kun davomida qondagi eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va ba'zi gormonlar darajasi özgaradi. Şuning uçun ertalab va keçqurun olingan bir tahlilning natijalari bir-biridan farq qiladi. Şifokor ularni taqqoslaşi qiyin böladi.

Şu bilan birga, ba'zi tadqiqotlarni faqat yangi biomaterialda ötkaziş mumkin. Masalan, agar iviş omillarini aniqlaş kerak bölsa, qon 4-6 soatdan ortiq saqlanmagan bölişi kerak. Şu bois tahlil ertalabdan olinsa, laborant qon namunasi buzilmaganini aniq biladi.
Agar ertalabdan poliklinikaga borişni xohlamasangiz, xususiy laboratoriyaga murojaat qiliş mumkin - ular butun kun davomida bemorlarni qabul qiladi. Agar bir tahlilni bir neça marta topşiriş talab qilinsa, laboratoriyaga bir vaqtda kelişga harakat qiling.
2. Qorin oç bölişi şartmi?
Umuman olganda, barçasi tahlil turiga boğliq. Ba'zilariga ovqatning ta'siri yöq: sönggi tadqiqotlar taom qabul qilinganidan keyin xolesterin va lipidlar miqdori özgarmasligini körsatmoqda. Biroq yoğlarni qabul qilmagan ma'qul - ular qonni bir neça soatga xiralaştiradi.
Britaniya va amerikalik olimlarning fikriça, klinik qon tahlili oldidan qorin oç bölişi şart emas - natijalarda faqat şirin va yoğli taomlar aks etadi.
Biroq aksariyat klinikalar qoidalariga köra, qon tahlillari oç qoringa topşiriladi. Har bir tadqiqot turiga alohida yondaşgandan köra şunisi qulayroq.










