Amerika va avstraliyalik tadqiqotçilar eng keng tarqalgan 10 saraton turidan 8 tasini taşxislaş imkonini beruvçi yangi testni işlab çiqişdi. Olimlar bu hodisani sohadagi "haqiqiy yutuq" deb ataşdi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida taqdim etildi.

Qon tahlillari böyiça taşxis qöyiş bilan boğliq yangi usulning ilk sinovlarida bunga qadar erta bosqiçdagi saraton kasalligi aniqlangan mingdan ziyod kişi iştirok etdi. 

Yangi texnologiya CancerSEEK nomini olgan. Uning şarofati bilan qizilöngaç, jigar içagi, oşqozon, oşqozon osti bezi, tuxumdonlar, şu bilan birga, öpkada biopsiyasiz onkologiyani tasdiqlaşning uddasidan çiqildi. 

Tadqiqotçilar qonning DNK-tahlilini kengaytiriş, şuningdek oqsil markerlari testi evaziga şunday natijaga erişişdi. 

Olimlarning sözlariga köra, yangi texnologiyalarning eng asosiy afzalliklaridan biri notöğri natijalarning deyarli yöqligi hisoblanadi. 

"Bu odamlarga kuçli psixologik bosim ötkazuvçi va qöşimça qimmatbaho diagnostik jarayonlarga sabab böluvçi xatolarni çetlab ötiş imkonini beradi", - deydi avstraliyalik onkolog.

Sinovlar 800 nafar soğlom köngillida ötkazildi. Atigi 1 foizdan kamroq natija xato bölib çiqdi.

Ta'kidlanişiça, yangi texnologiya sinovlari davom etadi, biroq ikki yildan keyin davolovçi şifokorlar ham uni qöllay boşlaşlari mumkin böladi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bunday qon tahlili 500 dollarga tuşadi.