Köpçilik tadqiqot natijalari odamlar telefonini kuniga 150 martaga yaqin tekşirişlarini qayd etmoqda. Smartfonlar hayotingiz va işingiz bilan uzviy boğliq bölsa, bu odatdan qanday xalos böliş mumkin? Smartfonga tobelikni yengişga muvaffaq bölgan 5 nafar kişi öz maslahatlari bilan bölişdi.

Foto: Pexels

Çalğituvçi ilovalarni öçiring

“Ilgari doim ayfonga çalğirdim, keyin esa u bolalarga ajratişim kerak bölgan e'tiborni ham “olib qöya boşladi”, - deydi Google Ventures’ning dizayn böyiça hamkori Jyeyk Napp. – Ana öşanda meni çalğitadigan barça ilovalarni öçirib taşladim: Twitter, Facebook, Instagram, YouTube.Gmail ilovasi, örnatilgan poçta va hatto Safari’ni öçirdim.

Napning sözlariga köra, bu yeçim unga erkinlik olib keldi. Dastlab bu qisqa tajriba böladi, deb öylagandi. Biroq oradan olti yil ötsa hamki, uning telefonida mazkur ilovalar yöq.

Qurilmangiz hajmini oşiring

Envisioning Technology kompaniyasi asosçisi Miçell Zappa ana şunday ğaroyib maslahat bergan.

Qurilmaning katta hajmi unga telefondan foydalanib bölmaydigan vaziyatlarga diqqatni qaratiş imkonini berdi. “Smartfon örniga iPad mini 3Ğdan foydalanişni boşladim, - deydi u. Unda qönğiroqlardan taşqari, ayfonning barça funksiyalari bor edi. Planşet katta va tuşlik stoli ustida undan foydalaniş noqulay. Ba'zida vaqtimni bekorga sarflayotganimni tuşundim va tvitter va instagram lentasini tekşirmay qöydim. Keyiçalik yana smartfondan foydalana boşladim, biroq uni ongli ravişda bajarardim”.

Foto: Pexels

Şunday qilingki, telefondan foydalanişingiz noqulay bölsin

“Tobelikdan qutuliş uçun birinçi qadam bu –telefondan qançalik tez-tez foydalanişingizni tekşiradigan maxsus ilovani örnatiş”, - deb hisoblaydi grafik dizayner Sara Lourens. U ekranga tikilgança qança vaqt ötkazişini kuzatadigan Moment ilovasini smartfoniga örnatgan. Şuningdek, Sara ekran sozlamalarini almaştirib turişni odat qildi. Ikki hafta standart, keyingi ikki hafta esa oq-qora rejimdan foydalandi. Uning sözlariga qaraganda, oq-qora rejim sababli telefondan faqat iş böyiça foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarni bekorga varaqlab ötirişni bas qilgan.